Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 09:32 1 marta oʻqildi

Turk seriallari yulduzlari qanday taomlarni yaxshi koradi

Bir qator turk aktyorlarining sevimli taomlari va ovqatlanish odatlari ma'lum bo'ldi. Ularning ko'pchiligi go'shtli va milliy taomlarni afzal ko'radi.

Jan Yaman sport bilan shug'ullanib, ovqatlanish tartibiga e'tibor beradi, ammo kabob, dolma, borek va ko'fte kabi milliy taomlardan voz kechmaydi. Italiyada bir muddat yashagani uchun italyan oshxonasini ham yaxshi ko'radi.

Burak O'zchivit go'shtli taomlarni, ayniqsa, shishkabob va Adana kabobini xush ko'radi. Shuningdek, turk nonushtasini afzal biladi hamda rus oshxonasidan pirojki va borshni yoqtiradi.

Hande Erçel dengiz mahsulotlarini, Aras Bulut esa dolma va guruchni yaxshi ko'radi. Nesrin Javadzade organik mahsulotlarni tanlashi bilan ajralib turadi, Halit Ergenç esa sevimli taomlari haqida kam gapiradi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid