Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Sport Bugun, 11:47 1 marta oʻqildi

Osiyo kubogi 2027-yilda emas, deyarli bir yilga keyinga surildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan Osiyo kubogi sanalarini o'zgartirdi. Turnir 2027-yil oxirida boshlanadi.

OFK 2027-yilda Saudiya Arabistonida o'tkazilishi rejalashtirilgan turnir muddati o'zgarganini e'lon qildi. Yangi jadvalga ko'ra, turnir 23-dekabrda boshlanib, final 21-yanvarda o'tkaziladi. Avval musobaqa 7-yanvar – 5-fevral oralig'ida belgilangan edi, shu sababli start qariyb bir yilga, taxminan 350 kunga kechiktirildi.

Qaror OFK, tashkiliy qo'mita va Saudiya futbol federatsiyasi ishtirokidagi muhokamalardan so'ng qabul qilindi. Asosiy sabab Yaqin Sharqdagi keskin harbiy-siyosiy vaziyat: Yamandagi husiylar so'nggi oylarda Saudiya Arabistoni hududiga raketa va dronlar bilan hujumlar uyushtirmoqda. Oktabr oyida Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga qilingan hujumda 12 kishi halok bo'lgan, 300 dan ortiq kishi jarohat olgan.

Turnirga yo'llanma olgan jamoalar orasida O'zbekiston ham bor. Yangi jadvalga ko'ra, milliy jamoaning guruh bosqichidagi o'yinlari 24-dekabrda Iordaniyaga qarshi Jidda shahrida, 28-dekabrda Shimoliy Koreyaga qarshi Riyod shahrida hamda 2028-yil 2-yanvarda Bahraynga qarshi Jidda shahrida bo'lib o'tadi. O'yin o'tkaziladigan shaharlar va stadionlar o'zgarishi haqida hozircha ma'lumot berilmagan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid