Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Onlayn nashrlar orasida Kun.uz va Daryo yetakchi, deya tadqiqot

Mass-media jamgʻarmasi oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, onlayn nashrlar orasida Kun.uz 74,7 foiz respondent tomonidan kuzatilmoqda. Daryo.uz 43,5 foiz, Qalampir.uz esa 36,8 foiz koʻrsatkichga ega.

Tadqiqot Oʻzbekistonda media iste'moli boʻyicha milliy hisobot doirasida oʻtkazilgan. Unda onlayn matbuotni oʻqiydigan respondentlar qaysi nashrlarni koʻproq kuzatishi aniqlangan.

Hududlar kesimida Namangan (70,6 foiz), Sirdaryo (64 foiz), Navoiy (58,3 foiz), Xorazm (57,1 foiz) va Surxondaryo (53,8 foiz) viloyatlarida Daryo auditoriyasi kengroq ekani qayd etilgan. Tomoshabinlarning eng katta qismini 25–34 yoshdagilar tashkil etgan.

Respondentlar eng koʻp talab qiladigan materiallar sifatida dolzarb ijtimoiy muammolarni ochiq muhokama qilish (31,8 foiz), holis va ishonchli yangiliklar (30,1 foiz) hamda chuqur tahliliy maqolalarni (29,1 foiz) koʻrsatgan. Fakt tekshiruvi materiallari yetarli emasligi ta'kidlangan.

Aholi onlayn nashrlarni asosan mobil ilovalar (58 foiz), Telegram-kanallar (37,2 foiz), saytlar (31,6 foiz) va ijtimoiy tarmoqlar (31,2 foiz) orqali kuzatishini bildirgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid