Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 08:47 1 marta oʻqildi

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 4,36 mlrd yevro ajratdi

Yevropa komissiyasi Ukraine Support Loan dasturi doirasida Ukrainaga 4,36 mlrd yevro o‘tkazdi. Mablag‘ning bir qismi davlat faoliyatini ta’minlashga, qolgani mudofaa ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Mablag‘ning 3,7 mlrd yevrosi bu yil uchun kelishilgan makromoliyaviy yordamning ikkinchi transhi hisoblanadi. Qolgan 658 mln yevro Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari uchun ajratilgan.

Mudofaaga yo‘naltirilgan mablag‘ dronlar, raketalar, radiolokatsiya stansiyalari va boshqa harbiy mahsulotlarni xarid qilishga sarflanadi. Bunda asosiy e’tibor Ukraina korxonalaridan xarid qilishga qaratilgan.

Yevropa komissiyasi bu mablag‘lar davlatning uzluksiz ishlashiga va mamlakatning muhim mudofaa vazifalarini bajarishga yordam berishini ta’kidladi. Dastur doirasidagi kreditning umumiy hajmi 90 mlrd yevroni tashkil etadi va u 2026–2027-yillardagi moliyaviy ehtiyojlarni qoplashga mo‘ljallangan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid