Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Moʻgʻuliston qoyalari orasida manul bolalari suratga tushdi

Fotograf Nikolay Orlov Moʻgʻulistonda qoya yoriqlariga yashirinib olgan uch-toʻrt oylik manul bolalarini suratga oldi. Katta manullarga qaraganda chaqqonroq boʻlmagan bu bolalar fotografga yaqinroqdan kuzatish imkonini berdi.

Orlov 2026-yil yozida aynan manullarni kuzatish maqsadida Moʻgʻulistonga borgan. Bu yovvoyi mushuklar Markaziy Osiyoning dashtlari, chala choʻllari va togʻli hududlarida yashaydi, fotograf ularni tabiiy muhitda tasvirga olishni rejalashtirgan edi.

Katta manul esa unga deyarli koʻrinmagan: safar davomida u voyaga yetgan hayvonni atigi bir marta koʻrgan, o‘shanda ham manul undan taxminan 100 metr narida turgan. Ammo bolalar bilan vaziyat boshqacha boʻlgan: ular katta manullar kabi qoʻrqoq emas edi, shu sababli fotograf ularni 25–30 metr masofadan ikki marta suratga olishga muvaffaq boʻlgan.

Orlovning aytishicha, bolalarning yoshi uch-toʻrt oy, boʻyi esa 30 santimetr atrofida. Kadrlarda ular juda kichik koʻringanligi sababli, portretlar tayyorlash uchun fotograf tasvirlarga qoʻshimcha ishlov berishga toʻgʻri kelgan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid