Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Pashinyan: Armaniston KXSHT va YOIIdan chiqishini ma'lum qildi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) va Jamoaviy xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan (KXSHT) chiqishini e'lon qildi. Buning sababi sifatida Yevropa Ittifoqiga a'zolik uchun ariza topshirish niyatini ko'rsatdi.

Pashinyanning so'zlariga ko'ra, YOIIdan chiqishdan boshqa chora qolmagan. U 2027–2028 yillarda Yevropa Ittifoqiga a'zolik jarayonini boshlash uchun rasmiy ariza topshirish muddati yaqinlashayotganini aytdi.

Bosh vazir KXSHTga a'zolik endi mamlakat manfaatlariga javob bermasligini ta'kidladi. Uning fikricha, tashkilot bilan bog'liq manfaatlar tugagan: “KXSHT bilan bog'liq manfaatlarimiz tugadi”.

Eslatib o'tamiz, Armaniston 2024 yil boshida KXSHT byudjetiga a'zolik badallarini to'lashni to'xtatib, ishtirokini muzlatgan edi. Bosh vazir buni Tog'li Qorabog' mojarosi bilan izohlagan. 2026 yil oktabr oyida tashkilot bosh kotibi Taalatbek Masadikov badallar to'lanmagani uchun Armanistonni KXSHTdan chiqarib yuborish mumkinligini aytgan edi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid