Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

IIV aholini gazʻ va koʻmir bilan taʼminlashni nazorat qiladi

IIV aholi va ijtimoiy obyektlarni gazʻ va koʻmir bilan barqaror taʼminlash ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Oktyabr oyida noqonuniy muomaladan 92,9 tonna suyultirilgan gazʻ va 333,5 tonna koʻmir olib qoʻyildi.

Ichki ishlar vazirligi rahbari Aziz Toshpoʻlatov aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini koʻmir hamda suyultirilgan gazʻ bilan taʼminlash masalasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda korrupsiya va talon-torojlikning oldini olish choralari ham muhokama qilindi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, oktyabrda suyultirilgan gazʻni noqonuniy saqlash va tashish bilan bogʻliq 374 ta holat aniqlangan. Natijada 9139 ta gazʻ ballonlari va 92,9 tonna suyultirilgan gazʻ musodara qilingan. Koʻmir mahsulotlariga oid 16 ta holat qayd etilib, 333,5 tonnadan ortiq mahsulot noqonuniy muomaladan olinib, aholiga yetkazilgan.

Yigʻilishda ballonlarni grafik asosida yetkazib berish, resurslar hisobini shaffof yuritish va istemolchilardan asossiz toʻlovlar olinmasligini taʼminlash vazifasi qoʻyildi. IIV «Hududgazʻtaʼminot» va Transport vazirligi bilan birgalikda logistika nazoratini oʻrnatib, gazʻ toʻldirish shoxobchalari va omborlar qoʻriqlanishini kuchaytiradi. Shuningdek, 3,8 million atrofida aholi va qariyb 2 ming ijtimoiy obyekt suyultirilgan gazʻ bilan taʼminlanishi, 2027-yil fevralidan esa maishiy ballonlarni avtomobil yoqilgʻisi shoxobchalarida toʻldirish uchun jarima joriy etilishi maʼlum qilindi.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid