Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Alp tog'larida muz ostidan bir asrlik snaryadlar chiqdi

Italiyaning Dolomit Alplarida muzliklar erishi natijasida Birinchi jahon urushidan qolgan 250 dan ortiq portlovchi buyum topildi va zararsizlantirildi. Harbiylar mavsumiy tozalash ishlarini 16-oktabrda yakunladi.

Yozgi kuchli issiqlik tog'lardagi muzliklarning tezroq erishiga sabab bo'lgan. Natijada bir asrdan ortiq vaqt muz ostida saqlanib kelgan harbiy o'q-dorilar yuzaga chiqqan.

Ularning ayrimlarini tog'da sayr qilayotgan sayyohlar payqagan. Italiya armiyasi ma'lumotiga ko'ra, Julia alp brigadasi saperlari Trentino viloyatining sharqidagi Kanal-San-Bovo hududi va boshqa baland tog' hududlarini tekshirib, buyumlarni olib chiqqan va zararsizlantirgan.

Oxirgi haftada faqat Kanal-San-Bovo hududida 75 millimetrlik 18 ta artilleriya snaryadi va 37 ta fransuz minomyot o'q-dorisi zararsizlantirilgan. Mutaxassislar bunday topilmalarni global isish va muzliklarning chekinishi bilan bog'lamoqda.

Harbiylar tog'larda shubhali o'q-dorига duch kelganlarni unga tegmaslik, uni joyidan qo'zg'atmaslik va mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish kerakligini eslatdi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid