2027-yildan ilmiy darajalar berish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan ilmiy darajalar berishning yangi tartibi kuchga kiradi. Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) amaldagi tartibda dissertatsiya himoyalarini o‘tkazishning so‘nggi muddatlarini belgiladi.
Dissertatsiya himoyalari to‘xtatilmaydi, o‘zgarish faqat himoyalarni tashkil etish va ilmiy darajalar berish tartibiga tegishli. Amaldagi tartib bo‘yicha ishlarni yakunlash uchun muddatlar belgilangan: 13 noyabr — himoya e’lonini OAKka yuborish uchun oxirgi kun, 30 noyabr — OAK saytida e’lon berish uchun oxirgi kun, 31 dekabr — eski tartibdagi himoyalar o‘tkaziladigan oxirgi kun.
Yangi tizimda ilmiy kengashlar dissertatsiyani baholash va ilmiy daraja berish bo‘yicha qarorni mustaqil qabul qiladi. OAK esa har bir ishni alohida tasdiqlash o‘rniga, kengash ma’qullagan ishlarning bir qismini tanlab tekshiradi hamda tizimdagi umumiy sifat nazoratini olib boradi. Maqsad ortiqcha qog‘ozbozlik va ma’muriy bosqichlarni kamaytirish, sifat talablari esa saqlanib qoladi.
Muddatga ulgurmaganlar ilmiy faoliyatini davom ettirishi mumkin, yangi tartib kuchga kirgach ishini himoyaga topshirishi mumkin. Dissertatsiyasini qayta yozish shart emas, eski ishlarga yangi talablar qanday qo‘llanishi maxsus o‘tish qoidalari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, Scopus yoki Web of Science’da indekslanadigan журналларда мақола чоп этиш мажбурийлиги белгиланмаган, ilmiy seminarlardan o‘tgan ishlar esa yangi tizimda qanday hisobga olinishi hali aniqlanmagan.
Manba: Daryo