Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 11:52 1 marta oʻqildi

28 yillik piyoda sayohatdan soʻng britaniyalik erkak uyiga qaytdi

Britaniyalik sayohatchi Karl Bushby 1998-yilda boshlagan, transportdan foydalanmasdan oʻtkazilgan sayohatini yakunlab, 2 noyabrda oʻz shahri Xallga qaytdi. U bu safarda 50 ming kilometrga yaqin masofani bosib oʻtgan.

Safar Chilining Punta-Arenas shahridan boshlangan. Bushby piyoda yurib, kerak boʻlganda suv toʻsiqlarini suzib oʻtgan, jami 30 ta davlatga tashrif buyurgan.

Bu gʻoya otasi bilan bahsdan kelib chiqqan: Bering boʻgʻozi orqali Londondan Nyu-Yorkkacha piyoda borish mumkinmi, degan savol. Yoʻlda sayohatchi tabiiy sharoit va bюрократия toʻsiqlariga duch kelgan, Panamada esa 18 kun qamoqda oʻtirgan.

Ikki yirik kechikish 2008-yildagi jahon moliyaviy inqirozi va COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq boʻldi. Bushbining aytishicha, 28 yildan taxminan 15 yilini u bevosita yoʻlda oʻtkazgan.

2026-yil oktyabrida u Lamanshni suzib oʻtib, Britaniya qirgʻogʻiga chiqdi. Xallda yuzlab odamlar uni kutib oldi; 10 yildan beri koʻrmagan onasi Anjela bilan uchrashdi, shuningdek, 36 yoshli oʻgʻli Adam va 12 yoshli nabirasi bilan tanishdi. Endi u oddiy hayotga moslashishi kerak, shu bilan birga kitob davomi va nemis rejissyori Vernер Herzogning hujjatli filmi rejalashtirilgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid