Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Qarshida maktab va bogʻcha sharoiti oʻrganildi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qarshidagi 43-maktab va 1-bogʻcha sharoiti bilan tanishdi. Bogʻcha avariya holatida ekani qayd etildi.

Maʼlum qilinishicha, bogʻchaning binosi avariya holatida, maktabda esa sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan. Muammolarni kechiktirmasdan hal etish zarurligi taʼkidlandi.

Eski bogʻcha oʻrnida 360 oʻrinli zamonaviy yangi bogʻcha quriladi. Maktab binosi taʼmirlanib, laboratoriyalar, til va ijod toʻgaraklari hamda alohida ehtiyojli bolalar uchun qulay sharoit yaratiladi.

Shuningdek, Qashqadaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumida taʼlim olayotgan yoshlarning intilishi va kelajakka ishonchi ham alohida qayd etildi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid