Jorjiya shtati gubernatorligiga qora tanli ayol saylandi
Atlanta shahrining sobiq meri Keysha Lans Bottms Jorjiya shtati gubernatorligi saylovida g‘alaba qozondi. U AQShda shtat gubernatori etib saylangan ilk qora tanli ayol bo‘ldi.
Saylov 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Demokrat Bottms respublikachi biznesmen Rik Jeksonni mag‘lub etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
56 yoshli Bottms ilgari Jo Baydenning katta maslahatchisi hamda Oq uy jamoatchilik bilan aloqalar idorasi direktori bo‘lgan. U ketma-ket ikki muddat ishlagan respublikachi Brayan Kempning o‘rnini egallaydi. Jorjiya uzoq vaqt respublikachilarning mustahkam tayanchi hisoblanib, shtat gubernatorligini 20 yildan ortiq vaqt davomida ular boshqargan.
Shu kuni Virgin orollari gubernatorligiga Stasi Plaskett saylandi. U AQSh hududida gubernator bo‘lgan birinchi qora tanli ayolga aylandi. Floridada esa respublikachi Bayron Donalds gubernator etib saylandi, u AQShda shu lavozimga saylangan birinchi qora tanli respublikachi erkak bo‘ldi.
Manba: Daryo