9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish
«Özgidromet» 6–7 va 9–11-noyabr kunlari togʻli va togʻ oldi hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Ogohlantirishga koʻra, kutilayotgan yomgʻirlar sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarining bir qator tumanlarida xavf mavjud.
Idora togʻli va togʻ oldi hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda bu yerda harakatlanadigan haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga chaqirdi.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi natijasida suv bosish holatlari yuzaga kelishi mumkinligi qayd etildi.
Manba: Kun.uz