Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 19:42 1 marta oʻqildi

Latviya va Litva o‘z hududida yadro qurolini joylashtira oladimi?

Rossiyaning yadroviy tahdidlari fonida Latviya va Litva o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Biroq bu qaror faqat ularning o‘ziga bog‘liq emas.

2026 yil sentabrda Latviya prezidenti Edgars Rinkevich, NATO a’zolari zarur deb hisoblasa, mamlakat hududida yadro qurolini joylashtirish mumkinligini bildirdi. Latviya qonunchiligida bunga to‘siq yo‘q, ammo prezident hozircha bu borada hech qanday muzokara olib borilmayotganini ta’kidladi.

Litvada esa vaziyat boshqacha. Oktyabrda Seym yadro qurolini va xorijiy harbiy bazalarni joylashtirishni taqiqlovchi konstitutsiyaviy moddani bekor qilish uchun ovoz berdi, ammo qonun loyihasi hozircha faqat birinchi o‘qishdan o‘tgan. Mudofaa vaziri Robertas Kaunas tinchlik davrida bunday qaror muhokama qilinmayotganini aytgan. Taqiq bekor qilingan taqdirda ham, qurol faqat inqiroz yoki urush paytida joylashtirilishi mumkin.

Shu bilan birga, Fransiyaning 2026 yil martda e’lon qilgan “kengaytirilgan qaytarish” dasturiga Litva va Latviya qo‘shilishni istagini bildirgan. Litva, shuningdek, AQShning strategik yadroviy kuchlarini o‘z hududida joylashtirish imkoniyati muhokama qilinayotganini tasdiqladi. Biroq ittifoqchilarning qay biri bunga tayyorligi noma’lum, shuning uchun bu jarayon hali boshlanish arafasida.

Manba: Daryo

Mavzuga oid