Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Nilufar Hamidova mayda bezorilik uchun 7 sutka qamoq jazosiga tortildi

48 yoshli bloger Nilufar Hamidova Yunusobod tumani sudi qarori bilan mayda bezorilik uchun 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Uning Toshkent koʻchalarida suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan videosi jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi.

Sud Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) boʻyicha ishni koʻrib chiqib, uni aybli deb topdi.

Videolavha orqali blogerning nimani reklama qilgani yoki nima demoqchi boʻlgani maʼlum emas. Ichki ishlar organlari holatni tekshirib, uning xatti-harakatlariga huquqiy baho bergan.

Nilufar Hamidova oʻz qilmishi uchun kechirim soʻragan: «Uzr soʻrayman. Boshqa bunaqa kontentlarni chiqarmayman».

Aprel oyida Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi 48-sonli maktabda uning ishtirokida oʻtkazilgan tadbir ham eʼtirozlarga sabab boʻlgan. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mas’ul shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish boʻyicha tekshiruv olib borilayotganini bildirgan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid