Karpin Oʻzbekiston va Venesuela bilan oʻyinlar haqida
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin noyabr oyidagi oʻrtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari haqida fikr bildirdi.
Karpin raqiblarni tanlashda hozirgi vaziyatni hisobga olish kerakligini aytdi. Uning fikricha, Oʻzbekiston bilan oʻyinning oʻzi Rossiya uchun katta yutuq, chunki Oʻzbekiston soʻnggi Jahon chempionati ishtirokchisi.
Venesuela esa jahon chempionatiga chiqish uchun oxirigacha kurashgan jamoa. Murabbiy ikkala raqibni ham hozirgi sharoitda munosib deb hisoblaydi.
Rossiya terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston bilan, 17 noyabr kuni esa Krasnodarda Venesuela bilan uchrashadi. Toshkentdagi oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 6 oktyabrda Fabio Kannavaro rahbarligida Janubiy Koreyaga qarshi safarda 0:2 hisobida yutqazgan, undan oldin esa Suriyani (4:1) va Eronni (3:1) mağlub etgan.
Manba: Daryo