Keyj sotib olgan tarbozavr kallasi o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi aktyor Nikolas Keyjning 2007 yilda sotib olgan noyob tarbozavr bosh suyagi Mo‘g‘istondan o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berdi.
2007 yilda kimoshdi savdosida Nikolas Keyj Leonardo Di Kaprioni ortda qoldirib, Tyrannosaurus bataar turiga mansub bosh suyagini 276 ming dollarga sotib oldi.
2014 yilda tergov bu topilma o‘g‘irlangani faktini tasdiqladi. Shundan so‘ng Keyj bosh suyagini Mo‘g‘iston hukumatiga qaytarish uchun AQSh rasmiylariga topshirishga majbur bo‘ldi.
Aktyor topilmani galereyadan sotib olgani sababli unga jinoyat aybi qo‘yilmadi, ammo to‘langan pul hech kim tomonidan qaytarilmadi.
Manba: Daryo