Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Buxoro: 270 ming aholi daromadini oshirish rejasi topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida mas’ullarga xorijda kam ish haqiga ishlayotgan fuqarolarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish va 270 ming aholining daromadini o‘rtacha darajaga yetkazish bo‘yicha tumanlar kesimida reja tuzishni topshirdi.

Viloyat iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion so‘m chegarasidan oshgani va o‘sish 10,1 foizni tashkil etgani qayd etildi. So‘rovda aholining 98 foizi so‘nggi yillarda turmush sifati yaxshilanganini ma’qulladi.

Iqtisodiy o‘sish tabiiy resurslar sanoati va qishloq xo‘jaligiga kuchli bog‘liq bo‘lib, ularning ulushi 43 foizga teng. Xizmatlar sohasining ulushi o‘n yil ichida 33 foizdan 36 foizga ko‘tarilgan, xolos. Prezident iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va sanoatda chuqur qayta ishlashni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

Sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlarini 1,5 baravar oshirish bo‘yicha aniq rejalar talab etildi. Misol sifatida Toshkent shahri, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarining xalqaro Fitch reytingini olgani keltirildi. Viloyatda 99 ming kishi mehnat migratsiyasida, 24 ming qaytgan kishi hali ish topmagan, ishsizlar soni esa qariyb 40 ming. Prezident: “Bundan buyon “kambag‘al oila qolmadi” degan hisobot o‘tmaydi.”

Manba: Daryo

Mavzuga oid