Netflix UFC prezidenti Dana Uayt haqida hujjatli film tayyorlamoqda
Netflix striming xizmati UFC prezidenti Dana Uayt haqida hujjatli film ustida ishlayotgani ma'lum bo‘ldi. Loyihaning premyerasi 2027-yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Page Six nashri xabariga ko‘ra, Netflix UFC’ning AQShdagi efir huquqlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar davomida ushbu film loyihasini ma’qullagan. Biroq platforma bilan shartnoma imzolanmagan, translyatsiya huquqlarini Paramount kompaniyasi qo‘lga kiritgan. Shunga qaramay, hujjatli loyiha ustida ish davom etgan.
Loyiha Netflix’ning sobiq bosh kontent direktori Bela Bajariya tashabbusi bilan boshlangan. U yaqinda kadrlar o‘zgarishi doirasida kompaniyani tark etgan, o‘rniga Piter Rays tayinlangan.
Xabarlarga ko‘ra, filmni Religion of Sports asoschilaridan Gotem Chopra Maykl Strahan va Tom Brady bilan birgalikda boshqarishi kutilmoqda. Chopra ilgari Brady, LeBron James, Stephen Curry va boshqa mashhur shaxslar haqida hujjatli filmlar ustida ishlagan.
Dana Uayt 2001-yilda Frenk va Lorenso Fertitta akalar bilan birgalikda UFC’ni sotib olgan. Uning rahbarligida kichik MMA turniri dunyodagi yirik xalqaro tashkilotga aylangan.
Manba: Daryo