Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Oliy sud taqiqlangan manbalar roʻyxatini yangiladi

Oliy sud Oʻzbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan roʻyxatini eʼlon qildi. 2026 yil 3 noyabr holatiga koʻra roʻyxatda 2057 ta manba bor.

Sudning xulosasiga koʻra, bu materiallar diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan. Ulardan 967 tasini Telegram kanal va guruhlar tashkil etadi.

Roʻyxatga kiritilgan manbalarni Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish qat’iyan taqiqlangan.

Iyul oyida eʼlon qilingan oldingi roʻyxatda 1915 ta manba bor edi. Yangi roʻyxatda taqiqlangan Telegram kanal va guruhlar hamda Instagram profillari soni oshgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid