Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 14:06 1 marta oʻqildi

Buxoro 2027-yilda YUNESKO konferensiyasini qabul qiladi

Buxoro 2027-yilda YUNESKO Ijodiy shaharlar tarmogʻining 19-yillik konferensiyasiga mezbonlik qiladi. Bu tadbir Markaziy Osiyo, MDH va Turkiy davlatlar tashkiloti hududida birinchi marta oʻtkaziladi.

Konferensiyani oʻtkazish huquqi Marokashning Es-Suveyra shahridan oʻtadi. Tarmoqqa 100 dan ortiq mamlakatning 408 ta shahri a’zo boʻlib, ular ijodiy sanoat va madaniyatni rivojlantirishdagi faolligi uchun tan olingan.

Tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 30-oktabrda Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilishida ilgari surilgan edi. Anjumanga shahar hokimlari, ijodiy sanoat vakillari va ekspertlar taklif etiladi. Ular ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish va madaniy salohiyatdan shahar rejalarida foydalanish masalalarini muhokama qiladi.

Tadbir doirasida yuqori darajadagi sessiyalar, mavzuli muhokamalar, madaniy tadbirlar va Meʼrlar forumi boʻlib oʻtadi. Konferensiya ikkinchi Buxoro biennalesi bilan bir yilda rejalashtirilgan. Buxoro 1993-yilda YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, 2023-yilda esa Hunarmandchilik va xalq sanʼati shahri maqomini olgan.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid