Noqonuniy sotilgan qozon sabab 18 kishi zaharlanib halok boʻldi
Fargʻona viloyatida Germaniyada utilizatsiyaga topshirilgan eski isitish qozonlari yangi deb sotilgani aniqlandi. Shu sababli is gazidan zaharlanib 18 kishi halok boʻldi.
FVB matbuot xizmatining xabarига koʻra, Vaillant rusumli ikki konturli isitish qozonlari Oʻzbekistonga ehtiyot qismlari sifatida noqonuniy olib kirilgan. Ularning ayrimlari qoʻlbola usulda qayta jihozlanib, yangi deb sotilgan.
Qurilmalarga yaroqsiz qubur va materiallar oʻrnatilgan, havo tortish quvurlari esa oʻzboshimchalik bilan yopib qoʻyilgan. Natijada yonish jarayoni buzilib, is gazi miqdori meʼyordan oshgan.
25 oktyabrda Fargʻona tumanidagi Chimyon qishlogʻida bir oilaning 7 nafar aʼzosi, shu kuni Toshkent shahrida 6 kishi, 1 noyabrda esa Qoʻqon shahrida 5 kishi zaharlanib halok boʻldi. Qurbonlarning 3 nafari 1, 3 va 7 yoshli bolalar. Xabarda bu qurilmalarni oʻrnatgan xonadon egalari darhol mutaxassislarga murojaat qilishi, eski mosламani oʻrnatmasligi va boshqa isitish vositalarini ham sertifikat hamda xavfsizlik talablari boʻyicha tekshirtirishi tavsiya etilgan.
Manba: Daryo