Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 13:57 1 marta oʻqildi

Mirobod koʻchasida terrasalar va keng trotuarlar paydo boʻladi

Toshkentda Mirobod koʻchasining bir qismi rekonstruksiya qilinmoqda. Birinchi bosqichda 39A-uy yonidagi hududda tadbirkorlik obyektlari uchun yagona dizaynli terrasalar quriladi.

Birinchi bosqichda Mirobod bozoriga tutash koʻchaning 39A-sonli turar joy binosi yonidagi hudud qayta quriladi. Bu yerda birinchi qavatda ovqatlanish shoxobchalari va boshqa tadbirkorlik obyektlari joylashgan. Loyihani tuman hokimi Anvar Sayfutdinov jamoatchilik eshituvida aholiga taqdim etdi.

Ilgari bu yerdagi noqonuniy terrasalar demontaj qilingan. Endi davlat-xususiy sheriklik asosida, shahar dizayn kodi hisobga olingan holda yangi terrasalar quriladi. Yomgʻir paytida shovqin boʻlmasligi uchun ularning tomi shovqinni yutuvchi material bilan qoplanadi.

Trotuar kengaytiriladi, velosiped yoʻlagi qatnov qismiga koʻchiriladi, trotuar va yoʻl oʻrtasiga daraxt va butalar ekiladi, skameykalar, chiqindi qutilari, yoritish tizimi, kameralar va «tashvish tugmalari» oʻrnatiladi. Trамvay liniyasi tugatilgach, avtomobillar uchun maydon tartibga solinadi.

Hokimning aytishicha, so'nggi yillarda Toshkentda rekonstruksiya qilingan barcha koʻchalarda tashrif buyuruvchilar soni, tadbirkorlar daromadi va koʻchmas mulk qiymati oshgan. Ikkinchi bosqich Grand Mir mehmonxonasi atrofidagi boshqa qismlarni ham qamrab olishi kerak.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid