Oʻzbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi
Oʻzgidromet 4–5 noyabr kunlari 9 ta viloyatning bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ogohlantirish yomgʻirlar yogʻishi bilan bogʻliq.
Ogohlantirishga koʻra, 4–5 noyabr kunlari yomgʻirlar yogʻishi sababli Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari kuzatilishi mumkin.
Respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa ayrim joylarning suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Togʻoldi va togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli yoʻllarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻralmoqda.
Manba: Gazeta.uz