Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Oʻzbekiston Bugun, 13:47 1 marta oʻqildi

Olot hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Mukofot prezident qaroriga binoan topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Buxoro viloyatidagi yig‘ilishda Nargiza Ne’matovaning hududni kompleks rivojlantirishdagi faolligini yuqori baholadi. Qaror davlat va boshqaruv organlarida ko‘p yillik samarali mehnati, yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi farovonligini ta’minlashdagi xizmatlari uchun qabul qilindi.

Mukofot viloyat hokimligida tantanali marosimda topshirildi. Uni prezident nomidan viloyat hokimi Botir Zaripov taqdim etdi.

Viloyat hokimligi xabarida ta’kidlanishicha, mukofot Ne’matovaning islohotlar jarayonidagi faol ishtiroki, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush darajasini oshirish va joylardagi muammolarni hal etishdagi mehnatiga berilgan munosib baho bo‘ldi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid