Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 14:07 1 marta oʻqildi

5-noyabrda ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

“Oʻzgidromet” ma’lumotiga koʻra, payshanba kuni, 5-noyabrda, respublikaning ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi. Kunduzi havo harorati 15–25, kechasi 3–14 daraja atrofida boʻladi.

Toshkent shahri hamda Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomgʻir asosan kechasi va ertalab kutilmoqda, kunduzi esa yogʻingarchilik boʻlmaydi. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yomgʻir kunning birinchi yarmida yogʻishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻistonning ayrim joylarida kechga yaqin yomgʻir yogʻadi. Shamol barcha hududlarda sharqdan esadi, tezligi sekundiga 3 dan 14 metrgacha boʻladi.

Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir ayrim joylarda kuchli boʻlishi, baland togʻlarda esa qorga aylanishi mumkin. Shuningdek, tuman tushishi hamda sel-suv toshqini xavfi ham bor.

Manba: Daryo

Mavzuga oid