Qirg‘izistonda militsiya uchun AI-yordamchi sinovga tushirildi
Qirg‘izistonda Ichki ishlar vazirligi sun’iy intellektga asoslangan “Myizambek” chatbotining sinov versiyasini ishga tushirdi. Chatbot fuqarolardan murojaatlarni qabul qiladi va qonunbuzarlik haqidagi xabarlarga tezkor javob beradi.
Chatbot Telegram boti ko‘rinishida ishlaydi. Fuqarolar unga davlat va munitsipal organlarning noqonuniy harakatlari hamda mansabdor shaxslarning o‘z vakolatini suiiste’mol qilishi bo‘yicha xabar berishi mumkin.
Bot orqali foydalanuvchilar zarur maslahatlarni ham olishlari mumkin. Murojaat mazmuniga qarab ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining Bosh jinoyat-qidiruv boshqarmasi yoki Ichki surishtiruv xizmatiga yuboriladi.
Xabar “Kazinform” agentligining Bishkekdagi muxbiri tomonidan berilgan.
Manba: Daryo