Juma, 6-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

BYD Beni Motors Oʻzbekistonda 80 000-chi avtomobilni topshirdi

4-noyabr kuni Samarqanddagi BYD Beni Motors rasmiy dilerlik markazida Oʻzbekistondagi 80 000-chi BYD xaridoriga avtomobil tantanali ravishda topshirildi. Shu kuni yangi BYD TI7 modeli ham taqdim etildi.

Marosimda Beni Motors rahbariyati, BYD Central Asia vakillari, mijozlar va mehmonlar ishtirok etdi. Tadbir uchun Samarqanddagi dilerlik markazi tanlangani kompaniyaning ushbu hududda brendni faol rivojlantirayotgani bilan izohlandi.

Sotilgan 80 000 ta avtomobil BYD brendining Oʻzbekiston bozoridagi muhim natijasi sifatida qayd etildi. Bu raqam xaridorlarning zamonaviy texnologiyalar, ekologik transport va innovatsion yechimlarga qiziqishi ortib borayotganini koʻrsatadi.

Tadbir doirasida taqdim etilgan BYD TI7 100 km/soatgacha atigi 4,8 soniyada tezlashadi, umumiy yurish zahirasi 1060 km, shundan 160 km gacha elektr tortishda. Salonda yigʻilgan oʻrindiqlar bilan yuk hajmi 1813 litrgacha yetadi, ichida esa −6 °C dan +50 °C gacha sozlanadigan 4,5 litrlik muzlatgich mavjud.

Mehmonlar yangi modelni yaqindan koʻrib, imkoniyatlari bilan tanishdi. Dastur artistlar chiqishlari bilan davom etdi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid