Maxachev karyerasini tugatgach ham sportdan uzoqlashmaydi
Toshkentda boʻlib oʻtadigan Sambo boʻyicha jahon chempionati arafasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida UFC’ning sobiq chempioni Islom Maxachev oʻz faoliyati haqida gapirdi. U karyerasini yakunlagach ham sport bilan shugʻullanishni davom ettirishini aytdi.
Matbuot anjumaniga sport vaziri Adham Ikromov, Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, sambo elchilari Fyodor Yemelyanenko va Islom Maxachev hamda boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Yengil vazn boʻyicha UFC’ning sobiq, yarim oʻrta vazn boʻyicha amaldagi chempioni Maxachev savolga javob berib, faoliyatini yakunlagach ham sport bilan shugʻullanishni toʻxtatmasligini va formasini saqlab qolmoqchi ekanini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, «Hayot — bu kurash».
Maxachev soʻnggi jangini 2026-yil avgust oyida Yan Garriga qarshi oʻtkazib, gʻalaba qozongan edi.
Manba: Daryo