Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Iqtisodiyot Bugun, 16:42 1 marta oʻqildi

Vyetnamlik ROX Group 4,5 mlrd dollarlik loyihalar taklif etdi

Vyetnamning ROX Group kompaniyasi prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent, Buxoro va Samarqandda umumiy qiymati 4,5 mlrd dollar boʻlgan toʻrtta shaharsozlik loyihasini taqdim etdi.

Prezident Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida ushbu loyihalar bilan tanishdi. Loyihalarning umumiy maydoni 285 gektar boʻlib, ular 115 ming aholiga moʻljallangan.

Buxoro tumanida 65 gektar, Buxoro shahrida esa 25 gektar maydonda yangi turar joy massivlari qurilishi boshlangan. Ularda 30 ming kishi uchun koʻp qavatli uylar, mehmonxonalar, biznes markazlari, savdo, xizmat koʻrsatish va koʻngilochar obyektlar barpo etish koʻzda tutilgan.

Toshkentning Uchtepa tumanidagi loyiha zamonaviy shahar muhitini yaratishga, Samarqanddagi loyiha esa mavjud sayyohlik majmuasi atrofidagi infratuzilmani kengaytirishga qaratilgan. Vyetnamlik investor shuningdek Jizzax viloyatining Zomin tumanida sanoat zonasi tashkil etish tashabbusini ilgari surgan.

Prezident taqdim etilgan konsepsiyalarni maʼqullab, loyihalarda ilgʻor shaharsozlik yechimlarini qoʻllash zarurligini taʼkidladi. Masʼul idoralarga infratuzilma va amalga oshirish mexanizmlarini kompaniya bilan birgalikda puxta ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid