Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari almashdi
Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Farrux Abduraimov saylandi, Alisher Usmonov esa bu lavozimdan ozod etildi.
Oliy Majlis Senati Kengashining 3-noyabr kungi majlisida ushbu ikki masala koʻrib chiqildi va tegishli qaror bilan rasmiylashtirildi.
Farrux Abduraimov besh yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari – sudlov hayoti raisi lavozimiga saylandi. Unga qadar u Sirdaryo viloyat sudi raisi sifatida ishlagan.
Alisher Usmonov 2025-yil sentabr oyidan beri Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Manba: Kun.uz