Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Xorijga ishga ketuvchilarga 9 oyda 12,3 mlrd soʻm kompensatsiya

2026 yilning 9 oyida xorijda ishlash xarajatlarini qoplash uchun 12,3 mlrd soʻm kompensatsiya ajratildi. Mablagʻlar tashkillashtirilgan tartibda chet elga ishga ketayotgan fuqarolarning bir qism xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirilmoqda.

Migratsiya agentligi matbuot xizmatining xabariga koʻra, viza, yoʻl chiptasi, imtihon va sugʻurta xarajatlarining bir qismi Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan qoplanmoqda.

Ajratilgan mablagʻlarning bir qismi, jumladan, 4 523 nafar fuqaroning hayot va sogʻliqni sugʻurtalash xarajatlariga — 1,244 mlrd soʻmga sarflangan. Subsidiya va kompensatsiya berish tartibi 2025 yil 22 apreldagi hukumat qarorida belgilangan. Fuqaro “Xorijda ish” dasturiy majmuasi orqali yoki agentlikka bevosita ariza topshiradi. Arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqiladi, маqullangan summa esa chet elda ishga joylashganidan soʻng bir oydan kechiktirilmay bank kartasiga oʻtkaziladi.

Shu davrda agentlik xorijda qiyin ahvolga tushgan qariyb 5 ming oʻzbekistonlikni vatanga qaytarganini ham xabar qilgan. Ularni qoʻllab-quvvatlash uchun 22,4 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid