Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Aeroport yoqilg'i quyish majmuasiga 5 nafar investor qiziqdi

Toshkentning Sergeli tumanidagi havo kemalariga yoqilg'i quyish majmuasini xususiylashtirish jarayonida 5 nafar investor qiziqish bildirdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv) xabar berdi.

Majmua Qumariq ko'chasi, 33a-uyda joylashgan, sotuv jarayoni esa sentabr oyida boshlangan. Xususiylashtirish bo'yicha konsultant sifatida Ernst & Young jalb etilgan.

Dastlabki bosqichda konsultant marketing ishlarini olib borib, salohiyatli investorlarga investitsiya takliflarini yuborgan. Belgilangan muddat — 2026-yil 23-oktabrgacha konsultantga 5 ta investordan qiziqish bildirish haqida arizalar kelib tushgan.

Arizalar moliyaviy imkoniyatlar yetarliligi, jinoiy daromadlar va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi qonunchilikka rioya etilishi hamda Yevropa Ittifoqi, AQSh va xalqaro moliya institutlarining sanksiya ro'yxatlarida yo'qligi mezonlari asosida ko'rib chiqiladi. Barcha mezonlarga to'liq mos kelgan talabgorlar majburiyatga ega takliflar bosqichida ishtirok etishga taklif qilinadi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid