Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Tezroq yurganlarda ölim xavfi 17 foizga past

Olimlarning yangi tadqiqotiga ko‘ra, kundalik hayotda yurish tezligi yuqori bo‘lgan odamlarda barcha sabablardan ölim xavfi pastroq ekani aniqlangan. Natijalar 4 mingdan ortiq kishi ishtirokidagi tahlil asosida JAMA Network Open jurnalida e’lon qilingan.

Tahlilga Whitehall II loyihasining 4067 nafar ishtirokchisi kiritilgan. Ularning o‘rtacha yoshi 69,3 yosh bo‘lib, 74,4 foizini erkaklar tashkil etgan. Ishtirokchilar bilagiga taqiladigan datchik yordamida 9 kun davomida qadamlarini qayd etgan.

Tahlil natijasiga ko‘ra, odatiy yurish tezligi daqiqasiga 10 qadamga oshganda barcha sabablardan ölim nisbiy xavfi 17 foizga past bo‘lgan. Yosh, jins, ta’lim, chekish, alkogol iste’moli, tana vazni indeksi va surunkali kasalliklar hisobga olingandan keyin ham bu bog‘liqlik saqlangan. Tezroq yurish epizodlarida bu ko‘rsatkich 19 foizni tashkil etgan.

Muallif­lar bu kuzatuv tadqiqoti ekanini ta’kidlaydi: ishtirokchilarga ataylab tezroq yurish buyurilmagan, shu sababli yurish tezligini oshirish ölim xavfini aynan shuncha foizga kamaytiradi, deb xulosa qilib bo‘lmaydi. Modellar mustaqil guruhda tekshirilmagan, ishtirokchilar esa umumiy aholiga nisbatan sog‘lomroq bo‘lgan. Shuning uchun natijalarni boshqa aholi guruhlarida sinab ko‘rish zarur.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid