Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Oʻzbekiston Kecha, 16:07 1 marta oʻqildi

Zapravkalarda gaz ballonlarini toʻldirish uchun jarima belgilandi

Oʻzbekistonda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari suyultirilgan gazni maishiy gaz ballonlariga quyishi taqiqlandi. Shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilandi.

Yangi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli modda qoʻshildi. Unga koʻra, shoxobchalar maishiy gaz ballonlariga gaz quyganda 3 barobardan 5 barobargacha, ya’ni 1 mln 320 ming soʻmdan 2,2 mln soʻmgacha jarima tortadi. Qonun 2 noyabrda imzolangan.

Kodeksga yana ikki modda kiritildi. Bozor, savdo majmuasi va savdo-koʻngilochar markazlari egalari yong‘in natijasida uchinchi shaxslarga zarar yetkazgani uchun fuqarolik javobgarligini bajarmasa yoki ularni yong‘indan majburiy sugʻurta qilish majburiyatini bajarmasa, mansabdor shaxslarga 22 mln soʻmdan 33 mln soʻmgacha jarima solinadi.

Yong‘in auditi boʻyicha qonunchilik talablarini buzish uchun fuqarolarga 6,6 mln soʻm, mansabdor shaxslarga esa 13,2 mln soʻm miqdorida jarima belgilandi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid