Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Toshkentda besh qavatli uyda gaz portladi

5-noyabr kuni Toshkentning Uchtepa tumanidagi besh qavatli uy xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasi portlab, bir kishi jarohat oldi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, soat 10:00 da Chilonzor-23 dahasidagi koʻp qavatli uyning bir xonadonida gaz-havo aralashmasi alangalanishi haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Hodisa natijasida bir kishi tan jarohati oldi va tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yotqizildi. Halok boʻlganlar yoʻq.

Qoʻshni xonadonning eshik va derazalari qisman shikastlangan. Hodisa sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniqlanmoqda.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid