Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Neft-gaz korxonalari gazni noqonuniy sotgani aniqlanmadi

“Oʻzenergoinspeksiya” rahbari 4-noyabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan matbuot anjumanida mamlakatdagi neft-gaz korxonalari qazib olingan tabiiy gazni noqonuniy sotgani holatlari aniqlanmaganini maʼlum qildi.

Mamlakatda neft-gaz qazib chiqaruvchi va taqsimlovchi 15 ta korxona faoliyat yuritadi. Ularning gazi magistral quvurlar orqali “Oʻztransgaz” AJ ягона operatoriga yetkazib beriladi. Gaz tarmoqlari soni 83 ta boʻlib, ularga onlayn axborot uzatuvchi hisoblagichlar oʻrnatilgan.

Inspeksiya ma’lumotiga koʻra, quvurlarga oʻrnatilgan elektron hisoblagichlar energiya nazorati platformasiga ulangan. Shu sababli har bir korxona qancha gaz ishlab chiqarib, tarmoqqa berayotgani, “Oʻztransgaz” esa uni qaysi tarmoq orqali chiqarayotgani haqida aniq hisob mavjud. Istemolchilarning sarflagan hajmlari ham platformada koʻrinib turadi.

Gazni eksport qilish “UzGasTrade” AJ zimmasida. Inspeksiya rahbari tarmoqlardan gazni qoʻshni davlatlarga yoki boshqa hududlarga noqonuniy chiqarish imkoniyati yoʻqligini ta’kidladi. Metan va benzin quyish shoxobchalaridagi koʻrsatkichlar ham doimiy nazoratda ekani aytildi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid