Payshanba, 5-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Yangi alifbo bosqichma-bosqich joriy etiladi: nima oʻzgaradi

Oʻzbek alifbosining lotin yozuvidagi yangi shakli qonun bilan tasdiqlandi. Qonun 2027-yil 22-aprelda kuchga kiradi, joriy etish esa bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Qonunga koʻra, Sh, Ch, Oʻ va Gʻ harflari mos ravishda Ş, Ç, Ö va Ğ bilan almashtiriladi, Ng esa alohida harf sifatida alifbodan chiqariladi. Yangi variant 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat.

Qonun kuchga kirguniga qadar chiqarilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlardagi eski harflar ularning amal qilishiga toʻsqinlik qilmaydi. Davlat idoralari ramzlari, binolardagi davlat gerbi va geografik nomlar koʻrsatkichlari esa yaroqsiz boʻlguncha yoki belgilangan muddatgacha eski harflar bilan ishlatilishi mumkin.

Darsliklar, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va haydovchilik guvohnomalari kabi materiallar esa muddati kelganda yangilanadi. Tilshunoslar Yorqin Odilov va Zohida Muqimova yangi alifboga oʻtishda chalkashlik boʻlmasligini, kirill yozuviga qaytish esa mumkin emasligini aytmoqda.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid