Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Jamiyat Bugun, 14:32 1 marta oʻqildi

Olmazorda yo'lda raqsga tushgan 8 kuyovjo'raga qamoq jazosi tayinlandi

Toshkentning Olmazor tumanida 31-oktabr kuni yo'lning qatnov qismida raqsga tushib, transport harakatiga to'sqinlik qilgan 8 nafar kuyovjo'ra sud tomonidan ma'muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Olmazor tuman sudining 3-noyabrdagi qarorida 19 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 8 kishi mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi. Ular Gulsaroy ko'chasida yo'lning qatnov qismida raqsga tushib, mashinalar harakatini qiyinlashtirgan.

Sudda huquqbuzarlardan biri voqea yuz berganini tan olib, hayajonga berilib ketganini va oqibatini oldindan o'ylamaganini aytgan. Ulardan yana biri esa kelin uyidan chiqayotganda shunday harakat qilganini bildirib, pushaymonligini ifodalagan.

Qarorga ko'ra, huquqbuzarlardan biriga 5 sutka, qolganlariga esa 7 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid