Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Tramp oraliq saylovlardagi magʻlubiyatga izoh berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlardan soʻng Fox News telekanaliga intervyu berib, respublikachilarning natijalari haqida fikr bildirdi. U bu natijani oʻz shaxsiy magʻlubiyati deb hisoblamasligini aytdi.

Tramp respublikachilar yaxshiroq natija koʻrsatadi, deb kutganini bildirdi. Agar respublikachilar bilan ishlashni xohlashsa, demokratlar bilan hamkorlikka tayyor ekanini qoʻshimcha qildi.

Prezident veto huquqini eng kuchli vositalaridan biri deb atadi. U maqbul boʻlmagan qarorlarni veto qilishini va bir necha oʻtgach demokratlarning oʻzlari murojaat qilib, birgalikda ishlashni taklif qilishiga ishonishini aytdi.

Tramp iqtisodiyot kuchli ekanini, ammo benzin narxi tufayli odamlar buni sezmayotganini ta'kidladi. Uning fikricha, saylovchilar Eron bilan bogʻliq siyosatni maʼqullasa-da, uning qisqa muddatli oqibatlari ularga yoqmayapti.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, saylovchilar nomzodlar yoqmagani uchun respublikachilarga ovoz bermagan. «Byulletenlarda nomim yoʻq edi», — dedi u va natijani shaxsiy magʻlubiyati sifatida koʻrmasligini taʼkidladi.

Manba: Kun.uz

Mavzuga oid