Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Metyu Makkonahi 57 yoshda: advokatlikdan Oskargacha boʻlgan yoʻl

4-noyabrda Gollivudning taniqli aktyori Metyu Makkonahi 57 yoshga toʻldi. U advokat boʻlishni orzu qilgan, lekin ssenariy va kino tomon yoʻl olib, “Oskar” sovrinini qoʻlga kiritgan.

Makkonahi 18 yoshida bir yil Avstraliyada almashinuv dasturi asosida yashagan. U u yerda fermada ishlagan va sayohat qilgan. Yoshligida kino haqida oʻylamagan, huquqshunoslik fakultetiga kirishni rejalashtirgan edi. Ogh Mandinoning kitobini oʻqigach, hikoyachi boʻlish niyati paydo boʻlgan va u kino fakultetiga oʻqishga kirgan.

Aktyorning karyerasida qiziqarli epizodlar ham bor. U “Titanik” filmidagi Jek Douson rolini Leonardo Di Kaprio uchun boy bergan. Uning soʻzlariga koʻra, Kate Uinslet bilan sinovdan oʻtgach, rolga deyarli erishgan, ammo rejissyor Jeyms Kemeron rolni Di Kapriyoga ishongan.

2000-yillarda Makkonahi romantik komediyalar bilan shuhrat qozondi. Keyinchalik u bir xil obrazda qolib ketmaslik uchun koʻplab takliflarni rad etib, ikki yil kinoda ishlamagan. Uning qaytishi tanqidchilar tomonidan “Makkonassans” deb atalgan. “Dallas xaridorlar klubi” filmi uchun esa u eng yaxshi erkak roli boʻyicha “Oskar” mukofotiga sazovor boʻlgan.

Makkonahi 2019-yildan Texas universitetida “Ssenariydan ekrangacha” kursini oʻqitadi. U 2021-yilda Texas gubernatorligiga nomzodini qoʻyish ehtimolini koʻrib chiqqani haqida xabar bergan, biroq keyin bu fikridan voz kechgan. Hozir u turmush oʻrtogʻi Kamila Alves va uch farzandi bilan yashaydi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid