Chorshanba, 4-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Texnologiya Bugun, 14:37 1 marta oʻqildi

Vazir shaxsiy maʼlumotlar sizib chiqishidan himoyalanishga chaqirdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov sun'iy intellekt rivojlanayotgan sharoitda shaxsga doir maʼlumotlar sizib chiqishidan himoyalanish uchun shoshilinch choralar ko'rishga chaqirdi. U 27 mln fuqaro maʼlumotlari sizib chiqqani haqidagi xabarni tasdiqlamadi.

Vazir «etik xakerlar» deb ataluvchi Butterfly guruhi keltirgan sizib chiqish faktini va raqamni tasdiqlamadi. Shu bilan birga, shoshilinch choralar ko'rilmasa, maʼlumotlar sizib chiqishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Guruh bayonotida tizimlarga bostirib kirmagani va maʼlumotlarni tarqatmagani, faqat bunday imkoniyat mavjudligini ko'rsatmoqchi bo'lgani ta'kidlangan. Vazirning fikricha, sun'iy intellekt eskirgan axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlashda yangi bosqich boshladi va bugungi kunda aniqlanayotgan zaifliklar soni bir necha barobar oshdi.

Shu sababli u davlat, nodavlat va tijorat tashkilotlarini tizimlaridagi zaifliklarni doimiy aniqlab, o'z vaqtida bartaraf etishga chaqirdi. Mas'ul idoralar kiberxavfsizlikni qo'shimcha moliyalashtirishi va mutaxassislar tayyorlashi zarurligi ta'kidlandi.

Manba: Gazeta.uz

Mavzuga oid