Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Akademik litseylar o‘rtasida ta’lim sifati bo‘yicha katta tafovut

Umummilliy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, akademik litseylar o‘rtasidagi eng yuqori va eng past natijalar orasidagi farq 45,3 ballni tashkil etdi.

So‘rovnoma 2026 yil 21 martdan 9 aprelgacha respublikaning 14 ta hududidagi 73 ta akademik litseyda o‘tkazildi. Unda 24 557 nafar o‘quvchi va 2 520 nafar pedagog, jami 27 077 nafar respondent ishtirok etdi. Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 71,4 ball bo‘ldi.

Eng yuqori natija Qarshi davlat texnika universitetining 2-son akademik litseyida — 96,4 ball bilan qayd etildi. Eng past ko‘rsatkich esa Toshkent arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyida — 51,1 ball bo‘ldi. Litseylarning 67,9 foizi yuqori yoki barqaror natija ko‘rsatdi, 10,5 foizi esa past toifaga kiritildi.

Hududlar kesimida ham farq sezilarli: Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida o‘rtacha ball 86 ni tashkil etdi, Toshkent shahrida esa 51 ball qayd etildi. Ixtisoslashuv yo‘nalishlari orasida amaliy-texnik soha 89,7 ball bilan yetakchi bo‘ldi. Tahlil xulosasida past natijali litseylar uchun manzilli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid