Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Litseylarda sport inshootlari va sinf sharoitlari eng past baholandi

Akademik litsey o‘quvchilari bino, infratuzilma va texnik jihozlarni yaxshilash zarurligini bildirdi. Bu Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2026-yilda o‘tkazilgan so‘rovnomasi natijalarida qayd etildi.

So‘rovnoma 14 ta hududdagi 73 ta akademik litseyni qamrab olgan, unda 24 557 nafar o‘quvchi va 2 520 nafar pedagog ishtirok etgan. Ochiq savollarga berilgan 16 645 ta mazmunli javobning 8,03 foizi shikoyat sifatida tasniflangan.

Takliflarning ko‘pchiligi o‘quv jarayoni va dasturlarni takomillashtirishga, shuningdek bino, infratuzilma va texnik jihozlarni yaxshilashga qaratilgan. Shikoyatlar ham aynan shu yo‘nalishlarda ko‘proq uchragan.

Ta’lim resurslari va infratuzilma bo‘yicha respublika o‘rtacha ko‘rsatkichi 61,8 ballni tashkil etgan. Eng past baho sport infratuzilmasiga (58,8%) hamda sinf xonalari va maishiy sharoitlarga (58,6%) berilgan. Eng yuqori natija Buxoro viloyatida (77,8%), eng past natija esa Toshkent shahrida (45,2%) qayd etilgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid