Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Dunyo Bugun, 00:02 1 marta oʻqildi

Meksikada eng baland Katrina haykali Ginnes rekordiga sazovor bo‘ldi

Meksika poytaxti Mexiko shahrida Marhumlar kuni munosabati bilan balandligi 33,4 metrli skelet haykali o‘rnatildi. U Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi.

Haykal Mexiko shahrining bosh maydonida o‘rnatilgan. Ko‘ylak va keng soyabonli shlyapa kiygan ayol skeleti ko‘rinishidagi bu inshoot 100 tonnadan ortiq og‘irlikka ega bo‘lib, po‘lat, shisha tolasi va papye-mashedan yasalgan.

Popular Science nashri ma’lumotiga ko‘ra, haykalni yig‘ishda 140 ga yaqin usta ishtirok etgan.

Katrina Meksika madaniyatining mashhur timsoli bo‘lib, uni rassom Xose Gvadalupe Posada yaratgan. Obraz o‘limni kinoya bilan aks ettiradi va o‘lim oldida barcha odamlar tengligini ifodalaydi.

Marhumlar kuni har yili 1–2 noyabr kunlari nishonlanadi, bu kunlarda aholi vafot etgan yaqinlarini eslaydi. 2003 yilda YuNESKO bayramni insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida tan olgan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid