Seshanba, 3-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Andijon tibbiyot birlashmasining 13 xodimiga sud hukmi o‘qildi

Andijon shahar tibbiyot birlashmasining sobiq rahbariyati va hisobchilaridan 13 nafari Jalaquduq tuman sudi hukmi bilan aybli deb topildi. Ularga davlat moliyaviy nazorati aniqlagan 3,4 mlrd so‘mdan ortiq moliyaviy buzilishlar bo‘yicha jazo tayinlandi.

Tekshiruv birlashmaning 2021–2024-yillardagi xarajatlarini qamrab oldi. Unda dori-darmonlar amalda yetkazilmagan holda uchun pul to‘langani, mahsulotlar qimmat narxda xarid qilingani va xodimlarga asossiz ish haqi hisoblangani qayd etilgan.

Sudlanganlar orasida sobiq rahbar va bosh hisobchi ham bor. Ular Jinoyat kodeksining 207-moddasi bo‘yicha aybli topilgan, ammo javobgarlikka tortish muddati o‘tgani sababli jazo tayinlanmagan. Qolgan 11 nafarga ahloq tuzatish ishlari jazosi berilgan va ularning barchasi 1 yil muddatga mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum etilgan.

Yetkazilgan zararni qoplash maqsadida prokuratura depozit hisobvarag‘iga kiritilgan 891 mln so‘mdan ortiq mablag‘ Andijon viloyati mahalliy byudjetiga o‘tkazilishi belgilangan.

Manba: Daryo

Mavzuga oid