Hindistonda yolg‘iz keksalar uchun pulli hamroh xizmati paydo bo‘ldi
Hindistonda yolg‘iz yashovchi keksalarga pulli evaziga hamroh va suhbatdosh topib beradigan xizmat ishga tushirildi. Xabar The Economic Times nashriga tayanadi.
Mumbayda yolg‘iz yashovchi keksa odam 2500–4000 rupiy (taxminan 26–42 dollar) evaziga o‘ziga hamroh yollashi mumkin. Hamroh birga choy ichish, suhbatlashish, sayrga yoki kinoga borish uchun xizmat qiladi.
BMT prognozlariga ko‘ra, 2020–2050 yillarda dunyoda 60 yoshdan oshganlar soni ikki baravar ortib, 2,1 milliardga yetadi. Hindistonda esa aholining 21 foizi, ya’ni har beshinchi kishi keksa bo‘lishi kutilmoqda.
Mamlakatda katta oilalar kamayib, yoshlar ota-onasidan uzoqda yashay boshlagani sababli ko‘plab keksalar yolg‘iz qolmoqda, ijtimoiy yordam imkoniyatlari esa cheklangan. Mutaxassislarning fikricha, bunday biznesdan daromad olish qiyin, chunki oilalar qarindoshlarining ruhiy holatiga emas, ko‘proq tibbiy xizmatga pul sarflaydi.
Manba: Daryo