AQSH maktablari SI xatolarini aniqlashni oʻrgatmoqda
AQSH maktablari bolalarni sun’iy intellektdan butunlay voz kechtirish o‘rniga, uning xatolarini topish va ma’lumotni tekshirishga o‘rgatmoqda. Maqsad — yangi texnologiyaga tayyorlash bilan birga, mustaqil fikrlash qobiliyatini saqlab qolish.
Dastlab ko‘plab shtatlar sun’iy intellektdan foydalanishni taqiqlashga urinган bo‘lsa, keyinchalik ayrimlari boshqa yo‘lni tanladi: o‘quvchilar chatbotlardan foydalanadi, shu bilan birga ularning kamchiliklari ham ko‘rsatiladi. Sabab shundaki, bolalar SIdan tobora ko‘proq foydalanmoqda, o‘qituvchilar esa tayyor javoblarga o‘rganib, mustaqil fikrlashdan uzoqlashishlaridan xavotirda.
2026 yil iyul oyida Janubiy Karolina shtatida o‘qituvchilar uchun o‘tkazilgan treningda SIdan dunyo xaritasini yaratish so‘ralgan. Natijada Mali «Mail», Misr «Sopth» deb yozilgan, Liviya o‘rnida esa faqat «Afrika» yozuvi chiqqan. Tajriba aynan shu maqsadda o‘tkazilgan: SI qanchalik ishonchli ko‘rinmasin, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkinligini ko‘rsatish.
AP ma’lumotiga ko‘ra, avgust oyida AQSHning 37 ta shtati maktablar uchun SIdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqqan. Charlston okrugi maktablarida esa yangi o‘quv yilidan o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun maxsus mashg‘ulotlar boshlanadi. Ularda chatbot yolg‘on yoki mavjud bo‘lmagan tadqiqotlarni ham ishonch bilan taqdim etishi misollar orqali tushuntiriladi, shaxsiy ma’lumotlarni kiritmaslik tavsiya etiladi.
Yuta shtatida 2024 yilda SI masalalariga mas’ul maxsus lavozim tashkil etilgan. Bir yil ichida davlat maktablari o‘qituvchilarining qariyb uchdan biri, ya’ni 7 mingdan ortiq kishi, tayyorgarlikdan o‘tgan. Biroq treninglar katta mablag‘ talab qilgani uchun moliyaviy imkoniyati cheklangan maktablar bolalari yetarli bilim ололмаслиги хавфи ҳам бор.
Manba: Daryo