Dushanba, 2-noyabr, 2026
Obuna boʻlish

Ahadxon Kimsanboyev para-shaxmat boʻyicha Osiyo chempioni boʻldi

Bishkekda oʻtayotgan IB Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik Ahadxon Kimsanboyev rapid partiyalarda gʻolib boʻldi. U 5 tur davomida 4,5 ochko toʻplab, Osiyo chempioni unvonini qoʻlga kiritdi.

Chempionat Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda imkoniyatlari cheklangan shaxslar oʻrtasida shaxmat boʻyicha oʻtkazilmoqda. IBSA yoʻnalishidagi rapid partiyalarda Oʻzbekiston koʻzi ojizlar sport federatsiyasi aʼzosi Ahadxon Kimsanboyev yuqori natija koʻrsatdi.

Besh tur davomida 4,5 ochko toʻplagan sportchi barcha raqiblaridan oldinga oʻtib, birinchi oʻrinni egalladi.

Ahadxon Kimsanboyev avval Samarqandda boʻlib oʻtgan Para Olimpiadada Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Oʻsha musobaqada oʻzbek para-shaxmat jamoasi tarixda ilk bor 3-oʻrinni egallagan edi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid