Dushanba, 2-noyabr, 2026
Obuna boʻlish
Sport Bugun, 20:49 1 marta oʻqildi

“Paxtakor” Elit OCHL’da “An-Nassr”dan 2:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi

“Paxtakor” Elit Osiyo chempionlar ligasining 4-turida o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “An-Nassr” jamoasiga 2:6 hisobida yutqazdi. Bu mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda mehmonlar 15-daqiqada ochilgan hisobni 36-daqiqaga kelib 1:3 gacha yetkazdi. Mezbonlar safidan Flamarion gol urdi, Akmal Mozgovoyning 26-daqiqadagi goli esa ofsayd sababli hisobga olinmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham gollar ketma-ket tushdi: “An-Nassr” 53-, 62- va 79-daqiqalarda to‘p tarmog‘ini topdi. Dostonbek Hamdamov 75-daqiqada hisobni 2:5 ga qisqartirdi.

“Paxtakor” bu mavsumda “Al-Ahli” va “Al-Qodisiya”ga qarshi 1:1 hisobida durang o‘ynagan, “Eyr Forsga” 0:1 hisobida yutqazgan edi. Keyingi turda jamoa safarda “Al-Ittihod”ga qarshi chiqadi, “An-Nassr” esa o‘z maydonida “Al-Sadd”ni qabul qiladi.

Manba: Daryo

Mavzuga oid